Tez — bankdan ko‘ra ko‘proq. Bu O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar haqidagi an’anaviy qarashlarni tubdan o‘zgartirib yuboradigan Hamkorbank tomonidan taqdim etilgan qulay mobil xizmat. Biz ortiqcha narsalarni olib tashlab, foydali kredit kartasiga ega sodda mobil ilovani yaratdik. Endi mijozlarimiz bankka borish o‘rniga barcha moliyaviy masalalarni onlayn tarzda - navbatlarsiz, qog‘ozbozliksiz va yashirin komissiyalarsiz hal qilishlari mumkin.
Bizda bo‘limlar yo‘q, shuning uchun ofislarni ijaraga olish, inkassatsiya va ko‘p sonli xodimlarga mablag’ sarflamaymiz. Buning o‘rniga biz o‘z resurslarimizni ilg‘or texnologiyalar, ilovamizni rivojlantirish va ajoyib qo‘llab-quvvatlash xizmatini rivojiga sarflaymiz
Hamkorbankdan Tez kartasini olish uchun saytimizda oldindan buyurtma berish kifoya. Ilova ishga tushgach, siz birinchilardan bo‘lib taklif olasiz. Ilovada ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, kartani Hamkorbank filialidan olishingiz yoki to‘g’ridan-to‘g’ri uyingizga bepul yetkazib berishni rasmiylashtirishingiz mumkin.